“Ammofos-Maxam” AJda xotin-qizlar masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

“Ammofos-Maxam” AJ ishchi-xodimlarining xotin-qizlari o‘rtasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, gender tengligini ta’minlash, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka murosasizlik muhitini shakllantirish, ayollar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitilishiga barham berish borasida muhim fikrlar bildirildi.

Davra suhbati ochiq muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech